
Bu hujumchi Xolanddan zo‘r!
“Napoli” to‘purari Viktor Osimxenning agenti Andrea D’Amiko, o‘z mijozini bugungi kunda dunyodagi eng kuchli hujumchi ekanini aytdi.
Agent nigeriyalik futbolchini “Manchester Siti” yulduzi Erling Xoland bilan taqqosladi.
- Osimxen – bugun dunyoning eng kuchli hujumchisi hisoblanadi, u hatto Erling Xolanddan ham zo‘r, - dedi D’Amiko AreaNapoli nashriga.
D’Amiko yozda mijoziga katta klublardan ko‘p talkif bo‘lishini ta’kidladi. Uning aytishicha, Osimxen PSJ yoki Angliya grandlaridan biriga o‘tishga moyillik bildirmoqda.
Viktor Osimxen joriy mavsumda 29 ta uchrashuv maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qildi. Transfermarkt portali uni 100 million evroga baholamoqda.
Fikrlar