
Bu jamoada eng tez yuguradigan futbolchi kim?
“Manchester Yunayted” futbolchisi Amad Diallo jamoadoshlari orasida yugurish bo‘yicha tezligi katta o‘yinchilar kimlar ekanini ma’lum qildi.
- Eng tez yuguradigani Markus Reshford. Shuningdek, men Rasmus Xyoylunni ham tezkor, deb hisoblayman. Ular mashg‘ulotlarda ham juda tez yuguradi, - dedi Amad Diallo.
Markus Reshford klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy jamoada 2016 yildan beri o‘ynab kelmoqda.
Xyoylunn esa, ilgari Daniya, Avstriya, Italiya chempionatlarida o‘ynagan. Manchesterliklar uni o‘tgan yili yozda “Atalanta”dan 73,9 million evroga transfer qilgan.
Amad Dialloning o‘zi ham 2021 yili “Atalanta”dan olib kelingan. Biroq, Manchesterda asosiy tarkibga kira olmagani uchun Shotlandiyaning “Reynjers” va Angliyaning “Sanderland” jamoalarida tajriba oshirib kelishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar