Bu klub Vinisiusning maoshini to‘lay olmaydi

  • 07.01.2026 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubiga ko‘chib o‘tib, “Real” hujumkor futbolchisi Vinisius Zhunior uchun to‘g‘ri variant bo‘lmaydi.

Bu haqida jurnalist Markos Benito X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, inglizlar futbolchining maosh bo‘yicha talablarini qondirish imkoniga ega emas.

Avvalroq, “Chelsi” qishki transfer oynasi davrida braziliyalik vingerni olishni rejalashtirayotgani va “Real”ga ana shu maqsadda 160 million yevro taklif etishga tayyor ekani xabar qilingan edi.

Vinisiusning “Real” bilan shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi. Tomonlar yangi kelishuvga kela olmayotgani, bunga esa braziliyalik yulduz har mavsum uchun 30 million yevrodan maosh talab qilayotgani sabab bo‘layotgani aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!