Bu terma jamoada Shomurodov yo‘q!

  • 3 iyun, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyada A Seriya o‘yinlari yakunlanmoqda. Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida deyarli barcha masalaga oydinlik kiritib bo‘lingan.

Tecno

Chempionlikni muddatidan oldin “Napoli” qo‘lga kiritdi. Neapolliklar skudettoni 33 yil kutdi. Nihoyat, bu klub Milan klublari gegemonligiga barham berdi va Italiya chempionligiga sazovor bo‘lib, muxlislari ishonchini oqladi.

“Napoli” bilan birga keyingi mavsumda Chempionlar ligasida Italiya sharafini “Latsio”, “Inter” va “Milan” himoya qiladigan bo‘ldi.

Eldor Shomurodovning asl jamoasi – “Roma” o‘tgan yili Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqan edi. Bu gal Joze Mourino shogirdlari Evropa ligasi finalida penaltilar seriyasida “Sevilya”dan mag‘lubiyatga uchradi va kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatini ham qo‘ldan chiqardi.

Mavsum omadsizlari – “Kremoneze” va “Sampdoriya” quyi divizionga sho‘ng‘ishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

A Seriyada echilmagan yagona masala – A Seriyani tark etadigan uchinchi nomini aniqlab olish bo‘lib turibdi. Hozircha, bir xil – 31 tadan ochko jamg‘argan “Spetsiya” va “Verona” intrigani saqlab qolgan xolos.

So‘nggi turda har ikki jamoa safarda kuchli raqiblarga qarshi to‘p tepadi.  Eldor Shomurodov “Spetsiya”da o‘tkazayotgan  vaqtinchalik faoliyatini Rimda yakunlaydi. Leonardo Sempilichi shogirdlari oxirgi uchrashuvda alamzada “Roma”ga qarshi o‘tkazadi.

eldor-spezia

“Verona” barcha masalani hal qilib bo‘lgan “Milan” mehmoni bo‘ladi.

A Seriya qoidasiga ko‘ra, agar “Spetsiya”  va “Verona” chempionatni bir xil ochko bilan yakunlasa, yuqori divizionda kim qolishini qo‘shimcha o‘zaro to‘qnashuvda aniqlab oladi.

Shu jarayonda ESPN nashri jurnalistlari A Seriyada mavsumning eng yomon o‘yinchilarini aniqlab chiqdi va ularning ramziy terma jamoasini tuzdi.

Ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Golkiper: Samir Xandanovich (“Inter”).

Himoyachilar: Xuan Kuadrado (“Yuventus”), Marash Kumbula (“Roma”), Milan Shkrinyar (“Inter”), Rikardo Rodriges (“Torino”).

Yarim himoyachilar:  Pol Pogba (“Yuventus”), Leandro Paredes (“Yuventus”), Floryan Toven (“Udineze”), Sharl de Katelare (“Milan”).

Hujumchilar: Divok Origi (“Milan”), Duvan Sapata (“Atalanta”).

Ta’kidlash joizki, joriy mavsum Eldor Shomurodov uchun ham muvaffaqiyatli bo‘ldi, deyish qiyin. Legionerimiz “Roma” tarkibidagi joyini yo‘qotdi. Poytaxt “bo‘rilari” safida olti marta maydonga tushgan hamyurtimiz qishda ijaraga berib yuborildi.

original-1ao8

“Spetsiya”da ham Eldor bor mahoratini ko‘rsata olgani yo‘q. Vaqt o‘tishi bilan zaxiraga o‘tirib qoldi. Shomurodov yangi jamoasida 14 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga bittadan gol va assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgoy
02/06/2023 17:53
Бу ерда таниклилар урин олган