
Bu xabar biz uchun zarba bo‘ldi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning “Vilyareal”ga qarshi bahsdagi jarohati haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, Ter Shtegen 6-7 oyni o‘tkazib yuboradi.
-Markning jarohati haqidagi xabar biz uchun katta zarba bo‘ldi. Biz uni terma jamoada maydonda juda sog‘inamiz. Biz unga operatsiyani engil va tez o‘tkazishini va safimizga so‘g‘-salomat qaytishini tilaymiz, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Manuel Noer yozda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgach, aynan Ter Shtegen Germaniya terma jamoasida birinchi raqamga aylangandi.
Fikrlar