Buffon: "Italiya terma jamoasi hali o‘z so‘zini ayta oladi"
Janluiji Buffon Italiya milliy terma jamoasining hozirgi darajasini qadrlashini aytdi.
"Terma jamoada juda ko‘p yosh yigitlar bor. Ular allaqachon vatan jamoasi uchun katta hissa qo‘shishlari mumkinligini ko‘rsatdilar. Evroda olgan tajribadan keyin ular yanada yaxshiroq bo‘lishdi.
Biz terma jamoa yigitlaridan har doim yaxshi va saviyali bellashuvlar kutamiz. Bizning darajamiz doimo yuqori bo‘lgan. Umid qilamanki, hozirgi avlod bu darajani ushlab qola oladi.
Sentyabr oyidagi o‘yinlar meni hayratda qoldirmadi. Lekin undan oldingi bo‘lganlari hayratda qoldirdi", - dedi Janluiji Buffon.



Fikrlar