
Buffon O‘runovning jamoadoshiga aylanishi rostmi?
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffonning agenti Silvano Martina mijozining "Spartak"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Bu haqda birinchi marta eshitishim. Bu umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi,. Buffonning "Parma" bilan 2023 yilgacha faol shartnomasi bor", - dedi agent.
Eslatib o‘tamiz, Buffon yozda "Parma"ga erkin agent sifatida qaytgan edi. Klub hozirda B Ceriyada o‘ynamoqda.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Oston O‘runov ham Moskvaning "Spartak" klubi futbolchisi hisoblanadi.
Fikrlar