
Bugun Abdixoliqov va Ubaydullaev debyut qilishi mumkin
Bugun Belarus chempionatining 16-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ahamiyatlisi, “Energetik-BGU” safar uchrashuvida “Smorgon” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Bu bahsda "talabalar" safiga borib qo‘shilgan ikki hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov va Shahzod Ubaydullaev debyut uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:45da start oladi.
Ma’lumot uchun, "Eenrgetik-BGU" 15-turdan so‘ng 19 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar