Bugun "Bashakshehir" safida Shomurodov va Fayzullaev maydonga tushadimi?

  • 14.12.2025 16:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 16-turi doirasida "Bashakshehir" hamda "Samsunspor" o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Tomas Rays qo‘l ostidagi "Samsunspor" so‘nggi 3 ta bahsda g‘alaba qozona olmadi. Nuriy Shahin shogirdlari esa barqaror natijalar qayd etmoqda va bugungi bellashuvda 3 ochkoni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan.

Tecno

Fotomaç nashri mazkur uchrashuv uchun jamoalarning taxminiy tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

"Samsunspor": Okan, Zeki, Satka, van Drongelen, Tomasson, Ncham, Makumbu, Emre, Xolse, Musaba, Ndiaye.

"Bashakshehir": Muhammad, Opoku, Duarte, O‘mer Ali, Operi, Kemen, Umut, Fayzullaev, Xarit, Shomurodov, Zelke.

Ma’lumot uchun, uchrashuv bugun soat 22:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!