
Bugun Bobir Abdixoliqov jamoasi chempionatda etakchi bo‘lib olishi mumkin
Bugun Belarus chempionatida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtimiz Bobir Abdixoliqov to‘p tepadigan "Energetik-BGU" jamoasi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Legionerimiz harakatlanadigan klub o‘z uyida "Slutsk" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Energetik-BGU" ayni payt turnir jadvalida 6 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. "Slutsk" hisobida 4 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 4-pog‘onani band etgan.
Fikrlar