Bugun "Mash’al" jamoasini Otabek Narzullaev boshqaradi
Bugun Superliga 3-turi doirasida "Mash’al" - "Qizilqum" bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda muborakliklar klubini Otabek Narzullaev bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida maydonga olib tushadi.
"Igor Surovga tezroq sog‘ayishini tilaymiz!
“Mash’al” jamoamiz bosh murabbiyi Igor Surov betobligi sababli bugungi uchrashuvda jamoa yonida bo‘la olmaydi. Ayni vaqtda mutaxassis sog‘lig‘idagi muammolar tufayli tuman shifoxonasida davolanmoqda.
Shu sababli bugungi o‘yinda jamoani maydon chetidan boshqarish vazifasini murabbiylar shtabi a’zosi Otabek Narzullaev o‘z zimmasiga oladi.
“Mash’al” futbol klubi rahbariyati, jamoa a’zolari va muxlislar nomidan Igor Surovga tezroq sog‘ayib, jamoa safiga qaytishini tilab qolamiz", - deya yozdi klub matbuot xizmati.
Fikrlar