Bugun Novak Jokovich kortga tushadi

  • 13 iyun, 2020, 11:48
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida tennis bo‘yicha "Adria Tour" ko‘rgazmali turniri Novak Jokovich tomonidan tashkil etilayotganidan xabaringiz bor.
 
Unda sakkiz nafar tennischi ikki guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur turnirning guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, "A" guruhidan Novak Jokovich, Aleksandr Zverev, Filip Krayinovich va Viktor Troitski joy olgan bo‘lsa, "V" guruhida Dominik Tim, Grigor Dimitrov, Dushan Layovich hamda Damir Jumhur o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.
 
Musobaqaning ilk kunida ikkita tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ertaga esa hal qiluvchi o‘yinlar hamda guruh g‘oliblari o‘rtasida final o‘yini o‘tkaziladi. Har bir uchrashuv uch setdan davom etadi. Setlar to‘rt ochkogacha o‘ynaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!