
Bugun OChL finali o‘tkaziladi!
Bugun Osiyoning eng kuchli jamoasi aniqlanadi. Chempionlar Ligasi finaliga etib kelgan Eronning "Persepolis" hamda Janubiy Koreyaning "Ulsan" klublari o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Forslar "S" guruhi peshqadami sifatida pley-offga chiqqan va hal qiluvchi bahsgacha Qatarning "Al-Sadd" va Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klublarini musobaqadan chiqarib yuborgan. Shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi ham aynan "Persepolis" to‘sig‘idan o‘ta olmay, ortga qaytishga majbur bo‘lgandi.
Koreyslar esa, "F" guruhida birinchi o‘rinni egallab, nimchorak final chiptalarini naqd qilgan. O‘z kvartetida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan "Ulsan" 1/8 finalda "Melburn Viktorini", chorak finalda "Beytszin Goan"ni va final ostonasida "Vissel Kobe" ustidan zafar quchib, finalga etib keldi.
Fikrlar