Bugun og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi

CHERY AUTO

Bugun Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atltika bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Ushbu musobaqa Tokio olimpiadasiga reyting ochkolari taqdim etishi sabab o‘zida qit’amizning eng kuchli atletlarini jamladi. 

Tecno

Bugungi dastlarda erkaklar o‘rtasida 55 va 61 kg vaznlarda g‘olib va sovridorlar aniqlab olinsa, ayollar o‘rtasida 49 kilogramm toifaning "V" guruhidagilar kuch sinashishadi. 

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida 6 nafar sportchimiz qatnashadi. Terma jamoamiz vakillarining dastlabki chiqishi ertaga boshlanadi va unda Adhamjon Ergashev (-67 kg) chempionlik uchun supachaga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!