Bugun Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi

  • 09.05.2026 10:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2027 yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan milliy terma jamoalar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasiga qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtadi.

Tadbir Ar-Riyod shahrida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qur’ada 1-savatchadan oʻrin olgan.

Musobaqa 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar boʻlib oʻtadi. Unda 24 ta terma jamoa 6 guruhga boʻlingan holda qit’a chempionligi uchun kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!