
Bugun Oston O‘runov premer-ligada debyut qiladimi?
Xabaringiz bor hamyurtimiz Oston O‘runov yil boshida Rossiya premer-ligasida ishtirokchisi hisoblangan “Ufa” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Bugun Rossiya chempionatining 20-turida “Ufa” safarda “Krasnodar”ga qarshi bahs olib boradi. Biz uchun ahamiyatlisi esa ushbu o‘yinda O‘runov RPLda debyut qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Krasnodar” – “Ufa” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. Voqealar rivojini biz bilan kuzating!
Fikrlar