Bugun O‘zbekiston (U15) terma jamoasi finalga teng o‘yinda maydonga tushadi

  • 15.08.2023 14:41
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol

Xabaringiz bor, yurtimiz poyxati Toshkent shahrida Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan “Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023” turniri davom etmoqda. Bugun, guruhdagi hal qiluvchi ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi.

o‘3l4po‘l43pl

O‘zbekiston – Chernogoriya

BAA – Saudiya Arabistoni

Ayni damda, guruhdagi holat ancha chigal. Birinchi turda kutilmaganda Birlashgan Arab Amirligidan tashrif buyurgan tengqurlariga imkoniyatni boy berib qo‘ygan jamoamiz 3 ochko jamg‘argan xolda ikkinchi pog‘onani band etgan. Birinchi o‘rindagi BAAda 4 ochko mavjud. Ikki o‘yinda ikki bor durang qayd etgan Chernogoriya esa, 2 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Eng qizig‘i shundaki, bugun bir yo‘la uch jamoada musobaqa g‘olibiga aylanish imkoniyati bor. Ular orasidagi eng yaxshi imkoniyat so‘zsiz – BAAga tegishli. Ular 3 turda motivatsiyani yo‘qotgan Saudiyalik tengqurlari ustidan g‘alaba qozonsa kifoya. 7 ochko bilan mutlaq etakchiga aylanadi.

g34gko3kg3

O‘zbekiston U15 termasi esa, (har doimgidek) raqib jamoalarning o‘yinidagi o‘zi uchun qulay hisobni qayd etilishini kutishi shart. Ya’ni, Chernagoriya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, BAA Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda ochko yo‘qotsa, biz birinchi pog‘onaga ko‘tarilishimiz mumkin.

Chernogoriyada ham bizga o‘xshash xolat. Ular bugun Islom Ismoilov jamoasini yirikroq hisobda engsa va narigi o‘yinida BAA ochko yo‘qotsa, o‘z-o‘zidan birinchi pog‘onaga ko‘tarilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xullas, 3 tur intrigalarga juda boy. Yosh futbolchilarmiz bugun soat 19:00 da “Bunyodkor” arenasida Chernogoriya bilan to‘qnash keladi. Bahsni stadiondan tomosha qilmoqchi bo‘lgan ishqibozlar diqqatiga! O‘yinga kirish uchun chiptalar bepul!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
15/08/2023 16:59
Тв дан олиб берилса халк минглаб футбол ишкибозлари курар эди. Майли орасида 1-2 дакика реклама куйса хам
&
Турсунов Саидасрор
15/08/2023 17:16
Узбекистонда факат терма жамоаларимиз ютсагина олиб берилади у кайси ёшда булишидан каттий назар юткизишса индамай куз юмиб кетаверади супер лигада факат пахтакорни уйини олиб берилади асосан вилоят жамоаларини уйинини хохлашса олиб берилади.