Bugun O‘zbekiston MTJ uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Qozog‘istonga qarshi maydonga tushadi

  • 16 noyabr, 2022, 11:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Tecno

Srechko Katanets shogirdlariga Qozog‘iston MTJ vakillari raqiblik qiladi. "Paxtakor" stadioni mezbonlik qilishi rejalashtirilgan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. Bu tomonlarning 2007 yildan beri ilk to‘qnashuvi sifatida tarixga kiradi.

Kecha har ikki jamoa rasmiy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Quyida O‘zbekiston va Qozog‘istonning o‘yinoldi mashg‘ulotidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Qozog‘istonlik futbolchilarning O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazgan rasmiy mashg‘ulotidan fotogalereya

O‘zbekiston Qozog‘istonga qarshi o‘yin oldidan rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi. Shomurodov, Abdiholiqov va Shukurov tarkibga kelib qo‘shildi (fotogalereya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!