Bugun poytaxtimizda ilk marotaba Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yarim marafoni bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

Bugun poytaxtimizda 2019 yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Navruz" IV xalqaro marafoni hamda ilk marotaba Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yarim marafoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport bayrami O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Tecno

Marafonda Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari Bahodir Jalolov, Ulug‘bek Rashitov, MMA yulduzi Mahmud Murodov ham qatnashdi. Qolaversa, yugurish bilan shug‘ullanayotgan faxriylar ham bu marafonda ishtirok etdi.

Quyida g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Marafon (42 km 195 m)

Erkaklar:

1. Ilya Tyapkin (Qirg‘iziston) – 2:21,42

2. Zakirillo Mamatqulov (O‘zbekiston, Farg‘ona) – 2:22,05

3. Vladislav Mamedov (O‘zbekiston, Toshkent vil.) – 2:23,18

Ayollar:

1. Gulshanoy Sattorova (Qirg‘iziston) – 2:34,50

2. Ekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 2:39,28

3. Tamilla Kuchkarova (O‘zbekiston) – 3:11,23

Yarim marafon

Erkaklar:

1. Nursultan Keneshbekov (Qirg‘iziston) – 1:04,28

2. Shohrux Davlatov (O‘zbekiston, Surxondaryo) – 1:04,40

3. Otabek Toshquvvatov (O‘zbekiston, Samarqand) – 1:07,58

Ayollar:

1. Aziza Mirzaakbarova (O‘zbekiston, Andijon) – 1:15,20

2. Mariya Korobiskaya (Qirg‘iziston) – 1:16,47

3. Sitora Qurbonova (O‘zbekiston, Farg‘ona) – 1:24,43

10 km masofaga yugurish

Erkaklar:

1. Bekzod Boymatov (Surxondaryo) – 35:03

2. Otabek Fayzullaev (Surxondaryo) – 35:47

3. Azizbek Nasimov (Samarqand) – 36:26

Ayollar:

1. Dilnoza Usmonova (Andijon) – 43:29

2. Go‘zal Muhammadvalieva (Namangan) – 44:22

3. Farida To‘lqinbekova (Andijon) – 44:53

Manba: O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!