Bugun Qozog‘istondagi ikki legionerimiz jamoalari o‘z o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Qozog‘iston chempionatida 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Unda hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov harakat qiladigan "Qayrat" safarda "Akjayyk"ka qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 15:00da start oladi.
Yana bir legionerimiz Igor Sergeev to‘p tepadigan "Tobol" jamoasi o‘z maydonida "Turan" klubi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda "Qayrat" va "Tobol" hisobida bir xil 7 ochko mavjud. Ikki jamoa mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni band etgan.
Fikrlar