Bugun Serena Uilyams va Simona Xalep to‘qnashadi

  • 13 iyul, 2019, 13:52
  • 1
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun Angliyaning London shahrida tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari final o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Unda ruminiyalik Simona Xalep va amerikalik Serena Uilyams bosh sovrin uchun o‘zaro raqobatlashadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

311d23267ae588cfb860e706ff492436

Ma’lumot uchun, Simona va Serena shu kunga qadar jami 11 marotaba o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ularda 9 marotaba Uilyams g‘alaba qozongan bo‘lsa, Xalepning ikki marta qo‘li baland kelgan.

Ular so‘nggi bora, joriy yilning 21 yanvar kuni Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkazilgan "Australian Open" turnirining to‘rtinchi davrasida o‘zaro to‘qnash kelgan. Unda amerikalik tennischi 6-1 4-6 6-4 hisobida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jahongir Igamberdiyev
13/07/2019 14:16
Shkalatim olg'a