
Bugun Shahobiddin Zoirov "IBA Chempionlar oqshomi"da jang qiladi!
Bugun Rossiyaning Serpuxov shahri "IBA Chempionlar oqshomi"ga mezbonlik qiladi.
Ushbu boks oqshomining markaziy jangi og‘ir vazn toifasi vakillari rossiyalik Muslim Gajimagomedov hamda xitoylik Zaoxin Chjang o‘rtasida WBA chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi esa turnirda yurtdoshimiz, Olimpiada hamda jahon chempioni Shahobiddin Zoirov ham ringga ko‘tariladi. Zoirovga rossiyalik Dmitriy Dvali raqib bo‘ladi. Jang 53,5 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi va 8 raund etib belgilangan.
"IBA Coliseum" sport majmuasida tashkil etilayotgan turnir Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov professional yo‘nalishda 5 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. U professional ringdagi so‘nggi jangini 2022 yil 13 avgust kuni Toshkentda Gerson Lariosga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq g‘alaba qozongan edi. Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, bugungi jangi ham professional rekordidan o‘rin oladi.
Fikrlar