
Bugun Shomurodov golsiz seriyasiga barham beradimi?
Rossiya premer-ligasining ikkinchi turida “Rostov” jamoasi o‘z maydonida amaldagi chempioni “Zenit”ni qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvda ko‘pchilik kutgan to‘purarlar raqobati – Eldor Shomurodov va Artyom Dzyuba bahsini ko‘ra olmaymiz. Rossiyaning bugungi kundagi eng kuchli hujumchisi Rostovdagi o‘yinga kelmagani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Har ikki jamoa ham chempionatni g‘alaba bilan boshladi va bu o‘yinda kim zafar quchsa, musobaqa peshqadamiga aylanadi.
O‘zbekistonlik futbol muxlislarini Eldor Shomurodovning qachon gol urishi qiziqtirmoqda. Hamyurtimiz 2020 yilning 29 fevralidan buyon raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantinda o‘zbek futbolchisi sport formasidan chiqib ketdi va hamon o‘z o‘yinini topa olgani yo‘q.
Bugun printsipial raqibga qarshi o‘tadigan uchrashuvda Eldor alohida ishtiyoq bilan to‘p surishi lozim va muxlislarimiz undan gol kutishdan to‘xtagani yo‘q. Bu gol Shomurodovning yo‘lini ochib yuborishi mumkin. Futbol tarixida birgina gol hujumchining gollar seriyasini boshlab bergan holatlar juda ko‘p kuzatilgan. Faqat ana shu birinchi golni urib olish qiyin va muhimdir.
“Rostov” va “Spartak” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.
Fikrlar