
Bugun to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi jang qiladi
Xabaringiz bor, Polshada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Hozirga kelib, bir qator vakillarimiz o‘z janglarini o‘tkazib, keyingi bosqich masalasini hal qilib ulgurdi.
Bugun ham bizni qiziqarli janglar kutib turibdi. Ya’ni, bugungi kun dasturidan to‘rt nafar hamyurtlarimizning jangi o‘rin olgan.
Quyida ushbu juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.
-51 kg: Feruza Kazakova - Darya Kubitska (Polsha)
+91 kg: Jahongir Zokirov - Amanat Sabirgali (Qozog‘iston)
-64 kg: Ahmadjon Ahmedov - Ankit Narval (Hindiston)
-75 kg: Nurislom Ismoilov - Islombek Turgunov (Qirg‘iziston)
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar