Bugungi futbol yulduzlarining kumirlari bormi? Ronaldu, Messi Xoland va Mbappe kimning o‘yinlaridan zavq olgan?

  • 30 mart, 2021, 07:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning «Bavariya» jamoasi a’zosi Yozua Kimmix o‘zining idealidagi futbolchi kim ekanligini aytdi. Nemis futbolchisi «Barselona» sobiq sardori Xavining o‘yinlaridan zavq olganini yashirib o‘tirmadi. Har qanday buyuk futbolchining o‘zi kumiri bor ekanligi hech kimga sir emas. Xo‘sh, ular kim? Bugun shu savolga batafsil javob berishga urinib ko‘ramiz.

Xavi Ernandes:

“Yoshligimda men uchun Bern Shusterdan kuchliroq futbolchi yo‘q edi. Futbolga ilk qadamlarimni qo‘ygan paytimda, uning o‘yinlarini tomosha qilishni kanda qilmas edim. O‘spirin yoshimda Shuster singari markaziy yarim himoyaga o‘tdim. Men har bir uchrashuvda u singari tezkor paslar va so‘nggi uzatmalarni amalga oshirishni boshladim. Shu darajaga chiqishimda, Bernning xizmatlari ulkan.

messi-aimar

Lionel Messi:

Albatta, Maradonaning o‘yinlarini sevib tomosha qilganman. Shuningdek, Pablo Aymarni ham alohida e’tirof etgan bo‘lar edim. U o‘zining pik formasiga chiqqan paytlari to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylangan edi. Uning maydondagi harakatlarini ko‘rgach, futbolchi bo‘lish orzusi paydo bo‘lgan.

kgorekokhrt

Krishtianu Ronaldu:

Men Rui Koshta, Figu va Fernando Koutoning o‘yinini tomosha qilgach, bir kun ular bilan maydonda birga to‘p surishni orzu qilganman.

Kilian Mbappe:

Men bir nechta futbolchining personal muxlisi bo‘lganman. Tan olaman, Zidanni juda ham yaxshi ko‘rar edim. Frantsiyadagi deyarli barcha bolalar Zidanning o‘yinlarini tomosha qilib katta bo‘lgan desam, adashmagan bo‘laman. Ronaldu mening bolalikdagi kumirlarimdan biri. To‘g‘risi, u bilan maydonda to‘qnash kelganimda o‘zimni juda ham baxtiyor his etdim.

erkogoerkgr

Joau Felish:

Krishtianu nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham barchaga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Uning qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan maqtanganini sira ko‘rmaganman. U doimo g‘alabaga chanqoqligi bilan ajralib turadi. Krish mening va Portugaliya yoshlar jamoasidagi barchaning kumiri. Portugaliyadagi barcha bolalar Ronaldu erishgan yutuqlarining hech bo‘lmaganda 10/1 qismiga ega chiqish uchun hamma narsaga tayyor.

Zlatan Ibrohimovich:

Ronaldo chinakam fenomen edi. U maydonda istaganicha harakat qilar, hech kim uni to‘xtatib qolishga o‘zida kuch topmagan. Agar u to‘p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashib kelsa, demak biz «mo‘’jiza» ko‘rishimiz aniq. Ronaldo haqida ortiqcha ta’rif berishning hojati yo‘q. Ayrim futbolchilar futbol o‘ynaydi. Boshqalari esa, futbolga aylanib ketadi. Men uchun Ronaldo va futbol bir ma’noni anglatuvchi ikki xil so‘z.Tengdoshlarimning barchasi singari men ham unga o‘xshashga intilganman. Men uchun Ronaldo barcha zamonlardagi eng kuchli futbolchi.

lwrgpkerger

Erling Xoland:

Men yoshlikda o‘zim uchun namuna sifatida qabul qilgan bir nechta futbolchini ayta olaman. Faoliyatim davomida ko‘plab super yulduzlarni maydonda ko‘rish nasib etdi, biroq ular orasida Zlatan Ibrohimovichni alohida e’tirof etish lozim. Shu yoshida ham Ibra o‘z klassini namoyish etmoqda. U singari men ham Skandinaviyadanman. Shunday ekan, uning futboldagi vorisiman, deyishdan faxrlanaman.

Robert Levandovski:

10-14 yosh paytlarimda «Yuve» sardori – Alessandro Del Peroning muxlisi edim. Vaqt o‘tgach, «Arsenal» etakchisi – Terri Anrining fanatiga aylandim. To‘g‘risi, u istalgan vaziyatdan gol kiritishi meni hayron qoldirgan. Keyin, u singari gol kiritishning sodda uslublaridan foydalanishni boshladim. Anri gol kiritibgina qolmay, jamoaviy o‘yinda ham benazir edi. Qanchalar unga o‘xshashga harakat qilmay, baribir maydonda Robert bo‘lib qolaverdim. Oradan yillar o‘tgach, u bilan uchrashdim. Anriga aytgan birinchi so‘zlarim shundoqqina yodimda. Unga : «Sen mening kumirimsan», dedim. U esa, jilmaydi va mendan futbolkamni so‘radi.

keroohkroh

Mark-Andre Ter Shtegen

Mening darvozabonlar orasidagi kumirim so‘zsiz, Oliver Kan! U «Bavariya» jamoasi tarixidagi eng kuchli darvozabon. Uning sayyoramizdagi eng kuchli darvozabon ekanligini borasidagi balandparvoz so‘zlarni sizga aytmoqchi emasman. U maydonda raqibni qo‘rqitar, jamoa uchun jon kuydirar va eng muhim pallada jamoasi joniga oro kirar edi. U men uchun barcha zamonlarning eng kuchli kiperi bo‘lib qoladi.

Neymar:

Robino bolalikdagi kumirim sifatida tarixda qoladi. Men bolalik chog‘imdayoq uning harakatlarini takrorlashga urinar edim. Tan olish lozim, har jabhada Robinoga o‘xshashni istaganman.

jeirjigejrger

Marko Asensio:

Bolalikda xonamga Zidanning suratlari tushirilgan bannerlarni yopishtirib qo‘yishni xush ko‘rar edim. Aynan shu suratga tikilar ekanman, futbolchi bo‘lishga qaror qilganman. Zidan maydonda intelligent bo‘libgina qolmay, kerakli pallada «jang» qilishga qodir chinakam universal edi. To‘g‘risi, u singari futbolchini boshqa hech qachon uchratmadim.

Mesut O‘zil:

Zidan har doim men uchun futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi bo‘lib qoladi. Bolalik paytimda uning nomi tushirilgan futbolkada ko‘chamizda to‘p tepar edim. To‘g‘risi, hozir ham YouTube orqali uning harakatlari aks etgan videoroliklarni tomosha qilaman.

U bilan ilk bor uchrashganimizda, hayajondan terlab ketgan edim. U esa, juda samimiy tarzda meni kutib oldi. 15 daqiqalik suhbatdan so‘ng, mendan baxtli odam yo‘q edi. Uning o‘yin uslubi doimo meni o‘ziga maftun etgan. Zidan hech qachon shoshilmas, maydonda doimo hamma narsani ko‘rib turishga o‘rgangan. Eng muhimi, u to‘pni hech qachon o‘zida ko‘p ushlab qolmas edi. Unga o‘xshagan futbolchini hali dunyo ko‘rmagan.

gkreogkerokher

Zayniddin Zidan:

Meni Francheskolining texnikasi hayratda qoldirdi. Men Enzoning o‘yinlarini ko‘rgach, u singari to‘pni olib qo‘yish imkonsiz futbolchiga aylanishga qaror qildim. Har qanday kumirning qaysidir odati futbolchilarda kuzatiladi. Men Enso singari dribling ishlatishni soatlab mashq qilar edim. U yashil maydonda chinakam rassom edi.

plrthplrtplhrlth

Luis Suares:

Bolalik paytimda barcha urugvayliklar singari Enso Francheskoliga taqlid qilganman. Kattaroq bo‘lgach, Gabriel Batistutaga o‘xshashni orzu qilishni boshladim. Unga o‘xshash uchun 9 raqamni tanlaganman. O‘zim to‘p surgan deyarli barcha klublarda 9 raqamda to‘p surganman. Men ko‘plab superyulduzlar bilan to‘qnash keldim, bir jamoada to‘p surdim, ammo o‘z fikrimda qolaman. Mening kumirim – Batistuta!

Serxio Aguero:

Janubiy Amerikada Evropalik futbolchilarning o‘yinlarini kuzatib boradigan bolalar juda kam. Men ularning biri edim. Esimni taniganimdan beri, Maykl Ouenning muxlisiman. Bu haqida o‘z faoliyatimni qamrab olgan kitobimda ham ma’lum qilganman. U men singari past bo‘yli bo‘lishiga qaramay, hujumda to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylanar edi. Unga taqlid qilganim uchun ham doimo 10-raqamda to‘p surishga urindim. Hozir ham 10-raqam menga Ouenning o‘yinlarini eslatadi.

gkerlogkerokgekorger

Muhammad Saloh:

Futbolchilik faoliyatimni boshlashdan avval, Zidan, Totti va Ronaldodan kuchlirog‘i yo‘q deb o‘ylar edim. Keyin ulg‘aydim, ko‘plab super futbolchilar bilan tanishdim. Shunga qaramay, men uchun o‘sha uchlik kumirlarim bo‘lib qolaveradi. Ularning maydonda to‘p bilan munosabatda bo‘lishi chinakam san’at asariga aylanib ketar, bundan ko‘z uzib bo‘lmas edi. Ularda o‘ziga xos o‘yin uslubi mavjud bo‘lib, bir-birini takrorlamas edi. Ronaldo tug‘ma to‘purar, Zidan sehrgar, Totti fantastik texnika egasi!

keorgoerkohkeh

Antuan Grizmann:

Men Bekxemni o‘z kumirim, deb bemalol ayta olaman. Aynan shu sababli doimo engi uzun futbolkada to‘p surdim. 7-raqamni ham aynan Beksga bo‘lgan hurmatim sababli tanlaganman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!