
Bunaqa mag‘lubiyatdan keyin Braziliyaga kerak emasman!
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rtinchi turida “Manchester Siti” futbolchilari safarda “Sporting” bilan kuch sinashib, yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Portugaliyaliklar Angliyaning amaldagi chempionini 4:1 hisobida engishni uddaladi. Bu mag‘lubiyatdan keyin Xosep Gvardiola o‘tkir fikr bildirdi.
- “Sporting”dan 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchraganimizdan keyin men Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga loyiq nomzod emasman.
Hozir avval hech qachon bo‘lmagan darajada “Siti”ning qaddini yana ko‘tarishni va eng yuqori darajaga olib chiqishni istayman, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar