Bunaqa paslaring kimga kerak?! Vinisius jamoadoshini xafa qildi
Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionati 12-turida “Rayo Valekano”ga qarshi bahs (0:0) paytida jamoadoshi Din Xyoysenni tanqid qildi.
Braziliyalik futbolchi himoyachi tomonidan juda ko‘p uzun paslar berilayotganidan norozi bo‘lgan.
- Biz uzoq paslar bilan o‘ynayapmiz, sen doim shunday uzatmalarni beryapsan. Bu kimga kerak? Biz go‘yo g‘alaba kerak emasdek o‘ynayapmiz, - degan Vinisius himoyachini tanqid qilib.
Ta’kidlash joizki, Vinisius Junior murakkab xarakteri bilan ajralib turadi. Yaqinda u “el-klasiko”da zaxiraga olgani uchun bosh murabbiy Xabi Alonsoga e’tiroz bildirgan edi. Keyinchalik 25 yoshli yulduz butun jamoada uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi.



Fikrlar