
Bundesligada porlagan yulduzlar
Germaniya Bundesligasi ham dunyoga juda ko‘p futbolchilarni tarbiyalab bergan. Ular haqida so‘zlashamiz.
Roberto Firmino ("Xoffenxaym")
Hozirgi “Hoffenxaym” Bundesligada oxirgi 3.5 yil ichida juda katta o‘sishga erishdi. Hattoki, Chempionlar ligasida debyut qilishga ham ulgurdi. Bir paytlar Bobbi FIrmino klubda o‘ynagan vaqtlarda liganing o‘rtamiyona jamoasi edi. 2012-2013-yilgi mavsumda jamoa quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashardi va mavsumni 16-o‘rin bilan yakunlagan. Keyinchalik esa sekin-asta jamoa yorqin o‘yin ko‘rsata boshladi. Bunda Firminoning hissasi bor. Ik o‘yinidayoq dublga erishgan va golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Braziliyalik “Hoffenxaym” tarkibida 153 marta maydonga tushgan va 49 ta gol 36 ta assistentlikni o‘z hisobiga yodirib qo‘ygan. 2015-yilda esa “Liverpul” futbolchini o‘z tarkibga qo‘shib oldi. Buyog‘ini esa o‘zingiz bilasiz.
Ivan Rakitich (“Shalke 04”)
Xorvatiyalik futbolchi Germaniya maydonlarida ham o‘z ismini qoldirganini kam kishi bilsa kerak. U paytlarda Ivan hali yosh edi va shunga qaramasdan “Shalke” tarkibida maydonga tushardi. 2010-2011 yilgi mavsumda Feliks Magat murabbiyligi ostida Germaniya kubogi va superkubogi sohibiga aylangan jamoa. “Shalke” tarkibida Rakitich 135 marta maydonga tushib 16 ta gol va 29 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 2012-yilda esa “Sevilla” tarkibiga borib qo‘shilgan. 2014-yilda esa “Barselona” futbolchisi sifatida tanishtirilgan.
Toni Kross (“Bavariya”)
Myunxen klubining tarbiyalanuvchisi va tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. 2014-yilda Tonining “Real”ga qo‘yib yuborilishi “Bavariya” tomonidan qilingan katta xato edi.Krossning talanti Yup Haynkess tomonidan “Baer”da ijarada yurgan paytlarida yuqori baholangandi. Keyinchalik esa ikkalasi ham “Bavariya”ga qaytishdi va 2012-2013 yilgi mavsumda jamoa bilan barcha sovrinlarni yutishdi. Keyinchalik esa futbolchi va rahbariyat shartnoma borasida kelisha olisha olishmadi va bu jarayondan “Real” ustalik bilan foydalanib qoldi.
Ilkay Gyundogan (“Borussiya Dortmund”)
Gyundogan “Borussiya”ga “Nyurnberg” tarkibidan kelib qo‘shilgan. Klopp qo‘l ostidagi jamoaning haqiqiy liderlaridan biri bo‘lgan Ilkay. Londonda o‘tgan Chempionlar ligasi finalidagi yagona gol ham aynan Gyundoganga tegishli. 2016-yil yozida yarim himoyachi Angliyaga otlandi va hozirda “Man Siti”ning etakchilaridan biri
Edin Jeko (“Volfsburg”)
Ko‘pchilik uni “Man Siti” va “Roma”dagi yorqin faoliyatini eslab qolgan. Ammo uning futbolchi sifatida porlashiga “Volfsburg”dagi o‘yinlari sabab bo‘lgan. Edin “Bo‘rilar” tarkibiga kelib qo‘shilgan, Bundesligani shunchaki “portlatib yubordi”. 2008-2009 yilgi mavsumda jamoa sensatsion tarzda Bundesliga chempioniga aylandi. Jeko va Grafite tandemi esa Bundesliga tarixidagi eng sermahsul tandemga aylandi. 1971-1972 va 1972-1973 yilgi mavsumlarda Uli Xyoness va Gerd Myuller tandemi 53 ta gol urishgandi. Jeko va Grafiti esa ulardan bitta golga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lishdi. 2011-yil yozida esa Tumanli Albionga yo‘l oldi va birinchi mavsumidayoq “Manchester Siti” bilan birga oltin medalni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik esa Rimga yo‘l oldi va u erda ham gollar bilan muxlislarni xursand etmoqda.
Fikrlar