
Buni Ronaldudan boshqasi uddalay olmagan
Portugaliya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Polsha terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvda mezbonlar sardori Krishtianu Ronaldu dublga erishdi. Bu bahs va undagi ikki gol Ronalduga to‘purarlik borasida yana yangi rekordlarni taqdim etdi.
Birinchidan, Krishtianu rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 910 taga etkazib oldi. Bu yaqqol rekord. Hali biror futbolchi professional darajada bu qadar ko‘p to‘p kiritmagan.
Ikkinchidan, Ronaldu xalqaro miqyosda 215-uchrashuvida maydonga tushdi va terma jamoadagi gollari sonini 135 taga etkazib oldi. Har ikki ko‘rsatkich ham jahon futbolida yangi rekord sifatida tarixga kiritildi.
Fikrlar