
“Bunyodkor-2002” Xitoydagi turnirda ikkinchi bo‘ldi
“Bunyodkor” futbol maktabining 2002 yilda tavallud topgan futbolchilari Xitoyda o‘tgan musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladilar.
Shenyan shahrida tashkillashtirilgan “Gothia Cup 2017” turnirining U-15 yosh toifasining hal qiluvchi final bahsida Sergey Chigodaev va Timur Boboxonov boshchiligidagi vakillarimiz “O‘rimchi” yoshlari bilan kuch sinashishdi.
Bosh sovrin uchun kechgan bahsning asosiy va qo‘shimcha taymlarida hisob ochilmadi. Natijada g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotoreyalar bahsida xitoyliklar omadliroq chiqishdi va 4:2 hisobida zafar quchishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar