
"Bunyodkor" Amonov transferini e’lon qildi
"Bunyodkor" Aziz Amonov tranchsferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikni kuchaytirilgan tartibda davom ettirayotgan jamoamiz safiga yana bir futbolchi kelib qo‘shildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Omonov 2025 yilgi mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazadi.
Tajribali hujumchi o‘z gollari bilan jamoamizning g‘alabalariga hissa qo‘shadi va muxlislarimizni xushnud etadi, degan umiddamiz!", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Amonov o‘tgan mavsumni Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida o‘tkazdi.
Fikrlar