"Bunyodkor"da nima gap?

  • 05.04.2024 00:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 5-tur doirasida “Bunyodkor” bugun o‘z maydonida “Dinamo”ni qabul qiladi.

“Qaldirg‘ochlar”ni yangi mavsumni qanday boshlaganidan xabaringiz bor. Ilk murabbiy iste’fosi ham “Bunyodkor”da kuzatildi va 2-turdan keyinoq xorvatiyalik murabbiylar shtabi ishdan bo‘shatildi.

Jamoa 4 ta turdan keyin hali g‘alaba qozongani yo‘q. Bizga etib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbari o‘zgarishi hech gap emas. Boisi, klub xodimlarining jamoa rahbari Murod Aliev ustidan bosh homiy “Uzbekneftgaz” rahbariga shikoyat xati yo‘llagani haqida ma’lumotlar bor. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, “Bunyodkor”da yana rahbar o‘zgaradimi, degan savol paydo bo‘lmoqda. Barchasi tez orada oydinlashsa ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!