"Buxoro" moldovalik hujumkor yarim himoyachi transferini e’lon qildi

  • 15.02.2023 19:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligaga qaytgan "Buxoro" tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Buxoroliklar o‘z safiga yana bir legioner Vsevolod Nixaevni qo‘shib oldi. U 1999 yilning 4 may kuni Moldova Respublikasida tavvallud topgan.

Futbolchilik faoliyatini "Sherif" akademiyasida boshlagan Nixaev Qozog‘istonning "Okjetpes", Rossiyaning "Akron" jamoalarida to‘p tepishga ulgurgan. O‘tgan mavsumni esa Moldovaning "Milsami" jamoasida o‘tkazdi.

Nixaev hujumkor yarim himoyachi hisoblanib, har ikki qanotda to‘p surishga qodir. "Buxoro" Nixaev bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!