"Buxoro" Qozog‘iston chempioniga qarshi maydonga tushdi

  • 5 fevral, 2023, 21:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antaliyada yig‘inini davom ettirayotgan “Buxoro” bugun Belekda Qozog‘iston chempioni “Astana”ga qarshi maydonga tushdi.

Dastlab Iminov 7-daqiqada uchrashuvda hisobni ochdi. 44-daqiqada Abat Aymbetov hisobni tenglashtirdi. Oradan bir daqiqat o‘tgach, Islombek Kuat “Astana”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Vladislav Prokopenko 74-daqiqada o‘yinga nuqta qo‘yuvchi golni urdi va shu tariqa “Buxoro” 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

E’tiborlisi "Buxoro"ning uch nafar futbolchisi - Farruh Ibragimov, Obid Jo‘raboev va Jasur Azimovga hakam qizil kartochka ko‘rsatdi.

“Buxoro” tarkibi: Nikola Stoshich, Ixtiyor Toshpo‘latov, Obid Jo‘raboev, Farruh Ibragimov, Asiljon Begimqulov, Dilshod Jo‘raev, Humoyunmirzo Iminov, Aleksandar Stanisavlevich, Fayg‘ulla Jumanqo‘ziev, Rustam Abduhamidov, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sardor Qobuljonov, Akobir Qayumov, Abduxoliq Qurbonov, Ruslan Koroev, Jamoliddin Ubaydullaev, Siroj Meliev, Jasur Hasanov, Jasur Azimov, Ro‘zim Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!