Buxoro shahri O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi!

  • 4 fevral, 17:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning, 20 fevral 2 mart kunlari Buxoroda Shaxmat bo‘yicha 14-16-18 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida standart, rapid va blits yo‘nalishlarida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

Xabarga ko‘ra, chempionatda mamlakatimizning barcha hududlaridan o‘z yosh toifasida 1-5-o‘rinlarni egallagan shaxmatchilar, 2024 yil O‘zbekiston chempionatida 1-3-o‘rinni egallagan shaxmatchilar va grand pri g‘oliblari, 2024 yilgi “Toshkent bahori”, “Toshkent yozi” va “Toshkent kuzi” musobaqalari g‘oliblari ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Andijon shahrida (13-20 yanvar kunlari) 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida va Jizzaxda (27 yanvaridan 3 fevralgacha) 8-12 yosh toifasidagi yoshlar O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!