
Byanka Andreesku finalga intilmoqda
Kanadalik Byanka Andreesku va amerikalik Teylor Taunsend o‘rtasidagi o‘yinga AQShning Nyu-York shahri mezbonlik qildi.
Ushbu uchrashuv uch set davomida davom etdi. Unda Byanka raqibini 6:1, 4:6, 6:2 hisobida engdi. Shu tariqa "US Open"ning chorak finalida o‘ynash huquqiga ega bo‘ldi.
Endi Andreesku Amerika ochiq chempionatining chorak finalida belgiyalik Elize Mertens bilan kuch sinashadi.
Fikrlar