
"CAFA Nation's Cup". Ummon qo‘shni Turkmanistonni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
"CAFA Nation's Cup" turniri "A" guruhidan o‘rin olgan Turkmaniston hamda Ummon bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda ummonliklar ishonchli 2:0 hisobida zafar quchdi.
Ummon safida al-Mushayfri va al-Subhi gollarga mualliflik qildi. Bu gollar termaga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, Ummon ochkolari sonini 4 taga etkazib oldi va guruhda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Turkmaniston hisobida 1 ochko mavjud bo‘lib, jamoa so‘nggi pog‘onani band etdi.
Fikrlar