
CAS Pogbaning diskvalifikatsiya muddati nega 4 yildan 1,5 yilga qisqartirilgani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbaning doping uchun diskvalifikatsiya muddati 4 yildan bir yarim yilga qisqartirildi. Sport arbitraj sudi (CAS) rasmiy saytida ushbu qarorga izoh berdi.
"CAS hay’ati o‘z qarorini Pogba qasddan doping iste’mol qilmaganligini tasdiqlovchi dalillar va hujjatlarga asoslaydi. Bu Florida shtatidagi shifokor tomonidan tayinlangan qo‘shimchani noto‘g‘ri qabul qilish natijasida sodir bo‘lgan. Frantsiyalik futbolchi ushbu shifokordan AQShda bir nechta mashhur sportchilarni davolagani va ularning antidoping majburiyatlaridan xabardor ekanligi haqida kafolat ham olgani tasdiqlandi”, — deyiladi hujjatda.
CAS ta’kidlashicha, Pogbaning ko‘pgina dalillari ishonarli hisoblanadi. Shu bilan birga, sud futbolchi bunday vaziyatlarda juda ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shu tariqa Pol Pogbaning jazo muddati mart oyida tugaydigan bo‘ldi.
Fikrlar