
Chalxanoglu Ibragimovichga "sakrab qo‘ydi"
Xabaringiz bor, "Milan" 2021/2022 yilgi mavsum A Seriya bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Chempionlik paradi vaqtida shved o‘tgan mavsum "rossonerilar" safini tark etib, "Inter"ga o‘tgan Chalxanogluni haqoratladi.
"Zlatan 18 emas, 40 yoshda. Men uning yoshida bunday ishlarni qilmagan bo‘lardim. U shunchaki e’tibor markazida bo‘lishni istaydi.
Ibragimovich "Milan"ning skudettoni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shmadi. Axir, zo‘rg‘a maydonda o‘ynadi, diqqat markazida bo‘lish uchun esa qo‘lidan kelgan hamma ishni qildi.
Bir tomondan olib qarasak, "Milan"da bo‘lgan paytim meni tushlikka yoki mototsiklda sayohatga chaqiradigan insonning menga nisbatan bunday gapirishi yaxshi emas", - dedi turkiyalik futbolchi.
Fikrlar