Charlz Oliveyra Mateush Gamrotga qarshi jangdan voz kechdi!

  • 23.09.2025 17:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyra "UFC Rio" turnirida Mateush Gamrotga qarshi jang qilishdan voz kechdi.

"Men diqqatimni kuchli "pancher"  - Rafael Fizievga qaratgan edim. Endi esa jangga ikki hafta qolganda butun tayyorgarlik rejasini to‘liq o‘zgartirish - juda qiyin. Chunki Gamrot – butunlay boshqa uslub egasi. U yaxshi raqib, kuchli kurashchi va greppler, lekin u men ikki oy davomida tayyorgarlik ko‘rgan raqiblardan umuman farq qiladi", — dedi braziliyalik "Left Hook Club" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Oliveyra 70 kg vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan ilk braziliyalik jangchi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!