Charlz Oliveyraning keyingi raqibi Paddi Pimblettmi?
UFC sobiq chempioni Charlz Oliveira navbatdagi raqibi sifatida britaniyalik Paddi Pimblett tilga olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
"Paddiga hurmatim baland, lekin men orqaga emas, oldinga qarayman. Maqsadim — kamar. Hozir butun diqqat-e'tiborim shunda. O'ylaymanki, keyingi jangda chempionlik kamari uchun aynan men jang qilaman. Jastin Getji kelasi yil oktagonga chiqishini aytdi. Men shoshilmayapman va kuta olaman. Menga faqat bitta qo'ng'iroq kifoya", — deya ta'kidladi braziliyalik "Olhar da Luta" nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, ikki hafta avval Charlz Oliveira "UFC 334" turnirida Diego Lopesga qarshi jang qilishi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozircha promoushen buni rasmiy e'lon qilmadi.

Fikrlar