“Chelsi” 4 yilga chetlatilgan Mudrikni nima qiladi?
Agar futbolchi dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun diskvalifikatsiya qilinsa, "Chelsi" CAS muhokamasi tugagandan so‘ng Mixail Mudrik bilan shartnomani bekor qilishi mumkin, deb xabar bermoqda BBC.
Qayd etilishicha, bunday qoidabuzarlik odatda professional futbolchilarda mehnat shartnomasi shartlariga rioya qilmaslik hisoblanadi. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, London klubi Mudrik transferining qolgan amortizatsiya qiymatini moliyaviy hisobotdan olib tashlashi mumkin, bu esa "Chelsi" moliyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, londonliklarda boshqa variant ham qolmoqda - futbolchining shartnomasini saqlab qolish. Shunda "Chelsi" kelajakda ukrainalikni ma’lum bir summaga sotishi va unga maosh to‘lashni davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, "Chelsi" Mudrikni tarkibda qoldirishi va ehtimoliy diskvalifikatsiya tugagandan so‘ng uni jamoaga qaytarishi mumkin.
Avvalroq futbolchi to‘rt yillik ban olgani xabar qilingan edi.

Fikrlar