"Chelsi" 50 million yevroga darvozabon sotib olmoqchi
"Sanderlend" darvozaboni Robin Ruf s faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Sunderlend Echo" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, londonliklar 23 yoshli posboni yozda o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Niderlandiyalik futbolchining transferi uchun "aristokratlar" 50 million yevro berishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Ruf sning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 25 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Robin joriy mavsum "Sanderlend" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 9 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishdi.
Fikrlar