"Chelsi" APLning 2-raqamli toʻpurari transferini jiddiy koʻrib chiqmoqda

  • 09.01.2026 16:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brentford" hujumchisi Igor Tyago "Chelsi"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Tecno

Football Insider xabariga ko‘ra, "ko‘klar" 26 yoshli forvard transferini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. "Brentford" o‘z futbolchisini 80 million yevroga baholamoqda. "Chelsi" yanvar oyidayoq shartnomani rasmiylashtirishga urinib ko‘rishga tayyor.

Igor Tyago 2024 yilning yozida "Bryugge"dan 33 million yevro evaziga "Brentford"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Tyagoni 35 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Igor Tyago 16 ta gol bilan joriy mavsum APLda ikkinchi eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Undan faqat "Manchester Siti" vakili Erling Holanda ko‘proq - 20 ta gol.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!