«Chelsi» «Aston Villa» bilan Rodjers transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 18.07.2026 22:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» klubi «Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers transferi bo‘yicha birlamchi kelishuvga erishdi. Bu haqida The Athletic nashri jurnalisti va insayder Devid Ornshteyn ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, Birmingem klubi londonliklar taklif etgan ₤ 117 mln (taxriban € 137 mln) miqdoridagi summani qabul qilgan. Rodjers «Chelsi» bilan olti yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda, bitim bir mavsumga uzaytirish imkonini ham o‘z ichiga oladi. Futbolchi dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

 

O‘tgan mavsumda Rodjers «Aston Villa» safida barcha musobaqalar doirasida 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma muallifiga aylandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!