
“Chelsi” "Barselona" va MYu nishonidagi futbolchi uchun 10 million maosh bermoqchi
“Chelsi” “Napoli” markaziy himoyachisi Kalidu Kulibali uchun yiliga 10 million evro maosh to‘lashga tayyor. “La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, hozirda senegallik futbolchining agenti London klubining taklifini ko‘rib chiqmoqda.
Kulibalining "Napoli" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Klub o‘z himoyachisi uchun 40 million evro talab qilmoqda. Ammo bu summa "Chelsi"ni biroz cho‘chityapti. Sababi, londonliklar 30 yoshli futbolchi uchun buncha to‘lashga tayyor emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kulibaliga "Manchester Yunayted" ham taklif jo‘natgandi. Ammo “qizil iblislar” boshqaruviga Erik ten Xag kelganidan keyin klub bu xariddan voz kechishga qaror qildi. Shuningdek, "Barselona" ham uni sotib olmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, himoyachi yakuniga etgan Italiya A Seriyasining 27 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 3 assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar