
“Chelsi” Benzemani oladigan bo‘ldi
“Chelsi” rahbariyati Saudiya Arabistonidan ketish ilinjida yurgan Karim Benzemani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilyapti.
“Aristokratlar” bu transferni yanvar oyi yakunigacha amalga oshirmoqchi. Bu haqida angliyalik jurnalist Ed Aarons ma’lum qildi.
Benzemaning o‘zi “Al-Ittihod” bosh murabbiyi Marselo Galyardo bilan kelisha olmay qolgan. Murabbiylar shtabi mashhur hujumchini Dubayda tashkil etilgan yig‘indan chetlatgani vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.
Karim yozda “Real” bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga ko‘chib o‘tgandi. Saudiyaliklar jamoasida hozirga qadar 24 ta uchrashuvda 15 ta gol va beshta assist muallifi bo‘lgan frantsiyalik forvard muxlislar tomonidan qattiq tanqid qilinmoqda.
Har mavsum 100 million evro atrofida maosh olayotgan Benzemaning yangi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar