
“Chelsi” bir jamoadan uch “yulduzcha”ni oladi
“Chelsi” mutasaddilari Argentina futbolida tarbiyalanayotgan uch nafar yosh futbolchini transfer qilish borasida ish boshlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Indoneziyada o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi jahon chempionatida Argentina terma jamoasida o‘ynagan Klaudio Echcheveri, Agustin Ruberto va Yan Subiabre Evropa klublar skautlari e’tiborini tortdi.
Bu uch nafar futbolchi ayni paytda bir jamoa – “River Pleyt” a’zosi hisoblanadi. Ular orasida Echcheverining xaridorlari ko‘payib bormoqda. Xususan, “Barselona” uni yangi “Messi” sifatida kashf qilmoqchi.
Fikrlar