“Chelsi” bosh murabbiylikka uchta mutaxassis tanladi
Mavsumni kutilgan darajada o‘tkaza olmayotgan “Chelsi” yangi bosh murabbiy lavozimi uchun uch asosiy nomzodni belgiladi.
Andoni Iraola, Marku Silva va Xabi Alonso asosiy variantlar hisoblanadi. Birinchi ikki murabbiyning “Bornmut” va “Fulxem” bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, Xabi Alonso esa yanvarda “Real Madrid”dan ketganidan beri ishsiz.
Qisqa ro‘yxatda boshqa nomzodlar ham bo‘ladi, ammo muhim, klub Liam Rosenyor bilan xayrlashgach, qanday profilidagi murabbiy kerakligini aniqlab oldi. Londonliklar Premier-liga tajribasiga ega yoki yuqori darajada ishlagan mutaxassis bilan ishlashni istamoqda.
Klub shoshilmaydi, chunki mavsum oxirigacha birinchi jamoani Kalum Makfarleyn boshqaradi.

Fikrlar