“Chelsi”: Bu futbolchining bir o‘zi ikki yulduz o‘rnini bosadi

  • 30 dekabr, 2022, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli qishki transferlar vaqtida “Ayaks” yarim himoyachisi Edson Alvares transeriga ruxsat berdi.

Tecno

“Aristokratlar” bu futbolchini o‘tgan yozda o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgandi. Lekin amsterdamliklar londonliklarning 43 million funtlik taklifini rad etgan.

Todd Byoli o‘zi istagan o‘yinchini olish uchun yana savdoni 43 million funtdan boshlashga tayyor. “Chelsi” rahbariyati 25 yoshli Alvares jamoaning ikki yulduzi – Ngolo  Kante va Jorjinoning o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.

Mutaxassislar maydon markazi, tayanch zona va himoyada o‘ynay oladigan universal futbolchi sifatida Alvares “Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter qo‘llayotgan taktik sxemalarga to‘liq mos tushishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!